"Jallorossi" ustozi — ayni damda o'z jamoasi bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan murabbiy — savollarga javob berar ekan, klub atrofidagi muhit hamda jamoani tarixan talabchan bo'lgan shaharda boshqarish qiyinchiliklari haqida to'xtaldi.
"Rimda ishlash qiyinmi? Men bu yerda futbol borasida yuqori talablar qo'yilishini va ishlash oson emasligini bilardim. Ammo futbolda natijalardan tashqari, jiddiy ishlashni bilishingizni ko'rsatish ham muhim. Buni esa har doim qadrlashadi".
So'ngra Gasperini "Inter" bilan bo'lgan yaqindagi durang o'yinga to'xtalib, "Olimpiko"dagi uchrashuvning tomoshabop o'tganini alohida ta'kidladi:
"Bu ajoyib tomosha bo'ldi. Ko'p jihatdan vaqt cho'zishga qarshi kurashishga yordam beradigan va tomoshaboplikka urg'u beradigan yangi qoidalar tufayli biz yaxshi ishlayapmiz va men bundan juda mamnunman".
Tadbirda ishtirok etayotgan tadbirkorlar va hamkorlarga murojaat qilib, murabbiy futbol va biznes o'rtasida o'xshashlik keltirdi:
"Ajoyib investitsiyalar kiritish uchun ajoyib g'oyalar kerak — bu har qanday biznesning poydevori. "Roma"ga bildirgan ishonchingiz uchun minnatdorman, bu bizga qo'shimcha mas'uliyat yuklaydi".
Kechki tadbir shaxsiy tafsilotlar haqidagi hikoya bilan yakunlandi: Gasperini "amatrichana" pastasiga bo'lgan alohida muhabbatini tan oldi, ammo asosan vinochilikdagi ilk qadamlari haqida gapirdi. 5-oktyabr kuni Asti mintaqasidagi Gilli vino zavodi yangi vino markasini taqdim etadi — Freisa 3-4-3. Nom esa tasodifiy tanlanmagan:
"Men aynan shu variantda to'xtaldim, chunki 3-4-3 sxemasi menga omad keltirgan — umid qilamanki, bu yaxshi belgi bo'ladi; axir aynan shu tizim tufayli men barcha muvaffaqiyatlarimga erishganman".
Shu tariqa, Gasperini futbol maydonidan tashqarida ham o'zining "tashrif qog'ozi"ga sodiq qolmoqda. Biroq bu safar 3-4-3 sxemasi to'g'ridan-to'g'ri butilka ichiga ko'chib o'tadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!