Genrix Mxitaryan Chempionlar ligasi haqida shunday dedi: «Chempionlar ligasi? Har safar biror narsa desak, o'qishning o'zi kulgili bo'lgan maqolalar paydo bo'ladi. Biz to'rt yildan beri barcha frontlarda kurashishni istayotganimizni takrorlab kelamiz.
Kechirasiz, so'nggi yillarda biz ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdik, ammo sovrinni yuta olmadik. Natijada, bu borada ko'plab gap-so'zlar paydo bo'ldi.
Ammo bizning maqsadlarimiz hamisha yuksakligicha qoladi. Biz haqiqatan ham o'ylayotgan va erishishga qodir bo'lgan narsalar haqida gapirishga harakat qilamiz. Bu ambitsiyalar deb ataladi.
Biz ambitsiyali jamoamiz va imkon qadar uzoqroqqa borishni hamda eng yuqori cho'qqilarga ko'tarilishni istaymiz!»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!