Otam oldidagi mas'uliyat
«Men mas'uliyatni his qilardim, lekin hech kim menga hech qachon bosim o'tkazmagan.
Onam, qarindoshlarim, tog'am, otamning ba'zi do'stlari... Shuni ta'kidlashim kerakki, ularning hech biri menga futbolchi bo'lishim shartligini aytmagan.
Menga doim shunday deyishardi: «Barakalla, sen otang boshlagan ishni davom ettiryapsan».
Lekin men hech qachon o'zimni biron narsaga majburdek yoki qaysidir ma'noda professional futbolchi bo'lishim shartdek his qilmaganman.
O'sha paytda mening orzuim shunchaki futbol o'ynash edi, chunki men bu o'yinni chin dildan sevardim. Shunchaki sport emas, aynan futbol o'yinini.
Biz hovliga chiqqanimizda, hamma narsa futbol va to'p atrofida aylanardi. Bolaligimda faqat shu o'yinni o'ynashni xohlardim, chunki to'p yumaloq edi va hamma uning ortidan yugurardi».
— Genrix Mxitaryan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!