Oddiy kun
«Ertalab uyg'onaman, bolalarimga kiyinishda, nonushta qilishda va maktabga tayyorlanishda yordam beraman. Ularni aynan men olib boraman. Shundan so'ng mashg'ulot bazasiga yo'l olaman, u yerda besh-olti soat atrofida bo'laman. Bugun, masalan, biroz ko'proq vaqt ketdi, lekin bunday kunlar ham bo'lib turadi.
Keyin mashg'ulotimiz bo'ladi. Undan so'ng tiklanish jarayoni bilan shug'ullanaman va qo'shimcha tarzda individual ravishda yana 15, 20 yoki 30 daqiqa ishlayman — bu o'zimga nima kerakligiga bog'liq.
Shundan so'ng ortga qaytaman: bolalarni maktabdan olib, uyga qaytaman.
Uyda yo dam olaman, yo bolalar bilan o'ynayman. Keyin kechki ovqat va dam olish vaqti keladi.
Farzandlarimga qo'limdan kelgancha foydali bo'lishga harakat qilaman: ularga o'qishda yordam berish, ular bilan o'ynash, ularga qiziq bo'lgan mashg'ulotlarni topish. Chunki men bu lahzalarni ular bilan birga yashashni, ular bilan bo'lishishni istayman.
— Genrix Mxitaryan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!