Germaniya Kubogida yangi rekord o'rnatildi
Die Adler ↗ ●●●●● Umumiy 👁 20

Germaniya Kubogida yangi rekord o'rnatildi

🆕 Germaniya Kubogida yangi rekord!

Bugungi kunga qadar Germaniya Kubogi tarixidagi birinchi bo'limdan keyingi eng yirik ustunlik Myunxenning «Bavariya» klubiga tegishli edi. 1997-yilda «Valdberg»ga qarshi kechgan bahsda myunxenliklar tanaffusga 10:1 hisobida chiqib, to'qqizta to'p farqi bilan ustunlikka erishgan edi.

Bugun ushbu rekord yangilandi: Adi Xyutter boshchiligidagi «Ayntraxt» «Sankt-Tyonis» darvozasiga javobsiz o'nta to'p kiritib, yangi rekordni qayd etdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!