🚨 Germaniya muxlislar guruhlari, jumladan «Bavariya»ning «Südkurve» tribunasi vakillari Bundesliga va mamlakat Kubogida VAR tizimini bekor qilishni talab qilmoqda.
✔️ Bayonotda video takrorlarsiz haqiqiy futbolni qaytarish istagi ta'kidlangan.
👀 Ma'lum qilinishicha, ayrim klub rahbarlari ham VAR tizimidan norozi va ular DFL (Germaniya futbol ligasi)ga ushbu tizimni to'liq yoki qisman cheklashni taklif qilishga tayyor.
⚠️ «Südkurve» muxlislari ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlash uchun petitsiyaga imzo chekishga chaqirmoqda. Avvalroq «Augsburg» klubi ham VAR tizimiga qarshi chiqqan edi.
📰 Abendzeitung
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!