💰 Kardinale «Milan» uchun yanvar oyiga 100 million yevro tayyorlamoqda!
Calciomercato.com ma'lumotiga ko'ra, Markus Kroshe qishki transferlar uchun deyarli cheksiz imkoniyatlarga ega bo'ladi.
🔴⚫ 70 million yevro yangi hujumchi uchun, yana 30 million yevro esa boshqa pozitsiyalar uchun ajratilgan. Ustuvor vazifalar qatorida markaziy himoyachi, qanot himoyachisi va vinger bor. Himoyadagi asosiy maqsad — Gonsalu Inasiu.
Shuningdek, Kroshe sotuvlarni tashkil etishi hamda Kamarda va Komottoning kelajagini hal qilishi kerak.
Qanday fikrdasiz, «Milan» haqiqatan ham bunday keng ko'lamli qishki kampaniyani amalga oshirishga tayyormi? 👀
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!