«Roma» bosh murabbiyi Jan Pero Gasperini «Manchester United» haqida fikr bildirdi:
«Rostini aytsam, «Manchester United» hozir nima uchun bunday qiyinchiliklarga duch kelayotganini tushuntirib berolmayman.
Ammo shuni juda yaxshi bilamanki, «Manchester United» tarkibida juda kuchli va sifatli futbolchilar jamlangan. Ba'zida jamoalar murakkab davrlarni boshdan kechiradi, biroq vaqt o'tishi bilan ular to'g'ri yo'lga qaytishga, o'ziga bo'lgan ishonchni tiklashga va yana yaxshi natijalarga erishishni boshlashga muvaffaq bo'lishadi.
Umid qilamanki, «Manchester United» uchun hammasi aynan shunday yakunlanadi... ammo, albatta, ertangi o'yinimizdan keyin».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!