Gonsalu Ramos «A Seriya»dagi ilk golini urdi va «San-Siro»da o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi!
«Venetsiya» ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng portugaliyalik hujumchi o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:
«San-Siro»dagi ilk gol: Bu ajoyib tuyg'u, ammo eng muhimi — g'alaba. Jamoaning ikkinchi g'alabasidan xursandman.
Birinchi bo'limdagi foydalanilmagan vaziyatlar: Bunday holatlar bo'lib turadi, garchi men o'sha vaziyatlardan foydalanishim kerak edi. Odatda, bunchalik ko'p imkoniyat bo'lsa, bittadan ko'proq gol uraman.
Ruben Amorim bilan ishlash haqida: O'ylaymanki, jamoamizning o'ziga xosligi va mentaliteti namoyon bo'la boshladi. Biz o'yindan zavq olishni, chiroyli futbol ko'rsatishni, shu bilan birga g'alaba qozonishni istaymiz. «Milan»ning bir qismi bo'lish oson, gap faqat jamoadagi portugaliyaliklarda emas. Bu yerda hamma bir-biriga juda ko'p yordam beradi.
Debyut goldan so'ng jamoadoshlar uchun kechki ovqat bo'ladimi? Ha, ertami-kechmi bu albatta amalga oshadi!
«Milan» safidagi ilk rasmiy gol urildi. Umid qilamizki, Gonsalu Ramos oldinda yana ko'plab gollarni uradi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!