Hansi Flik «Alaves»ga qarshi o'yin haqida: «Biz o'yinni nazorat qildik»
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 26

Hansi Flik «Alaves»ga qarshi o'yin haqida: «Biz o'yinni nazorat qildik»

Hansi Flik «Alaves»ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi:

❓Tarkibdagi ko'plab jarohatlarni hisobga olgan holda, bugun siz vaziyatga moslashgan tarkibni maydonga tushirishga majbur bo'ldingiz. Taassurotlaringiz qanday?

🗣 Hansi Flik: «Men raqiblarimiz ko'p himoyachi bilan o'ynashni yaxshi ko'rishini ko'rdim va ularning boshlang'ich tarkibini ko'rganimda aynan shuni kutgan edim. Ular himoyalanishni bilishadi. Biz o'yinni nazorat qildik, himoyada jamlangan holda harakat qildik va bundan mamnunman. Birinchi bo'limda ustunlik qildik, hammasi yaxshi ketayotgan edi, natija ham ijobiy — barchasi kerakli yo'nalishda rivojlandi».

❓Frenki de Yongning markaziy himoyachi pozitsiyasidagi o'yiniga baho bering. Bu shunchalik muvaffaqiyatli bo'ldiki, mavsum davomida uni tez-tez shu pozitsiyada ko'ra olamizmi?

🗣 Hansi Flik: «Biz yangi yechimlar izlashimiz kerak, chunki ayrim o'yinchilar jarohat olgan. Ular qaytishiga umid qilamiz, ammo bunga kafolat yo'q. Men Frenkidan bu pozitsiyada o'ynay oladimi, deb so'radim va u ha, jamoa uchun buni amalga oshirishini aytdi — men buni qadrlayman.

Xuddi shu narsa Farinyasga ham tegishli. U hech qachon qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynamagan, balki faqat La Masiyada bo'lishi mumkin. U yaxshi saviyada o'ynadi, men undan mamnunman. U mashg'ulotlarda diqqatli, yondashuvi professional, men undan ham, boshqa futbolchilardan ham shuni kutaman».

❓Siz doimo Gavini maqtaysiz, lekin bugun u maydonga tushmadi. Uning sog'lig'ida muammolar bormi? Nega u bugun o'ynamadi va nega Rodri navbatdagi 90 daqiqani o'tkazdi?

🗣 Hansi Flik: «Biz boshqacha almashtirishlarni amalga oshirishga majbur bo'ldik. O'yinlardan oldin qanday almashtirishlar qilishimizni muhokama qilamiz, lekin o'yin boshlangach, hammasi o'zgaradi. Biz Rodri haqida, Frenki haqida, Fermin haqida o'ylaymiz. Biz boshqacha almashtirishlar qilishga qaror qildik va har kim buni qabul qilishi kerak».

❓Lamin 2 ta gol urdi va assist qayd etdi. U bu mavsumdagi barcha o'yinlarda asosiy tarkibda maydonga tushgan yagona o'yinchi. Ushbu qiyin haftadan, ikki mag'lubiyatdan so'ng, «Oltin to'p»ni olmaganidan keyin u sizga yoqdimi? Uni almashtirishni oldindan kelishib olganmidingiz yoki o'yin davomida qaror qildingizmi?

🗣 Hansi Flik: «U ikki gol urganida, uni almashtirish osonroq bo'ldi. Men tanaffusda u bilan gaplashdim. U o'ziga bo'lgan ishonchni qaytargani yaxshi, bu birga-bir vaziyatlarda ko'rinib turdi. Uning maydonda kamroq vaqt o'tkazishi, lekin ajoyib o'yin ko'rsatishi muhim. Hujumchilarimizni bunday saviyada ko'rish yoqimli. Fermin fantastik o'ynadi, Rafinya ham. Ikki mag'lubiyatdan keyin aynan shuni kutgan edim — munosabatimiz yaxshi bo'ldi».

❓Bugungi g'alaba ikki yildan ortiq vaqt ichida «Barsa» murabbiyi sifatidagi yuzinchi g'alangiz bo'ldi. Buni qanday baholaysiz? Qaysi g'alabani eng katta zavq bilan eslaysiz?

🗣 Hansi Flik: «Bilasizmi, men o'tmish haqida o'ylamayman — nima bo'lgan bo'lsa, bo'ldi. Men mamnunman, 100 ta g'alaba — bu ajoyib. Boshlaganimda, murabbiy sifatida 100 ta o'yinga yetib borishga umid qilgan edim. 100 ta g'alaba — men uchun ajoyib natija (kuladi).

Qaysi g'alaba eng yaxshisi edi? Balki, Madriddagi birinchi Klasiko. Bunday o'yinlar ko'p bo'lgan, lekin Madridda g'alaba qozonish yoqimli edi, bu menda yaxshi xotiralar qoldirdi».

❓Erikning keyingi yakshanba kuni qaytish imkoniyati bormi? «Aston Villa» va «Atletiko»ga qarshi o'yinlar oldidan jarohatlangan himoyachilar bilan ishlar qanday?

🗣 Hansi Flik: «Biz buni bilmaymiz. Futbolchilar tuzalishmoqda, lekin hali tayyor emaslar, biz bu ikki o'yinni qandaydir o'tkazib olishimiz kerak. Kim qaytishga ulgurishini bilmayman, bir yoki ikki o'yinchi qaytishiga umid qilaman.

Kristensenning qaytishi yaqin, tez orada u jamoa bilan mashg'ulotlarni boshlaydi, lekin biz kutishimiz kerak.

Biz tavakkal qilmaymiz, bu ikki o'yindan keyin ikki haftalik tanaffus bo'ladi. Vaziyatni nazorat qilamiz, hech qanday tavakkalchilik yo'q — ular yil oxirigacha qaytishlari kerak».

❓Farinyas 90 daqiqa o'ynadi. Uning chiqishi sizga yoqdimi? Jarohatlarni hisobga olgan holda, unga yana maydonga tushishi uchun ishonch bildirish mumkinmi?

🗣 Hansi Flik: «Uning o'yinidan juda mamnunman, u yaxshi o'ynadi. U Lamin bilan qanday hamkorlik qilganini ko'rishingiz mumkin edi. U bizga juda yordam berdi. U mashg'ulotlardagi professionalligi evaziga tarkibdan joy olishga loyiq bo'ldi. U har doim bor kuchini beradi».

🔚 Hansi Flik matbuot anjumani yakunlandi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!