Hansi Flik "Barselona" sardorlari haqida gapirdi
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 4

Hansi Flik "Barselona" sardorlari haqida gapirdi

Hansi Flik: "Ertaga sardor Rafa bo'ladi. Mark va Ronald yo'qligi, Frenki esa hozircha safdan chiqqani uchun, jamoa to'liq shakllanib bo'lmaguncha sardorlar borasida shunday qarorga keldim. Jamoa tarkibi uzil-kesil shakllangach, ovoz berish yo'li bilan sardorlarni aniqlab olamiz. Hozircha esa Rafa, Erik va Pedri sardorlar hisoblanadi. Frenkiga kelsak, u jarohat olgani sababli shunday qaror qabul qildim, ammo u bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Frenki ulg'aygan va juda professional futbolchi, munosabatlarimiz eng yuqori darajada. Men u bilan doimo jamoadagi vaziyat va bo'lajak o'yinlar haqida maslahatlashaman. Biz haqiqatan ham ko'p gaplashamiz. Men uchun u jamoaga katta foyda keltira oladigan mahoratli futbolchi".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!