Hansi Flik: "Betis"ga qarshi o'yin qiziqarli va shiddatli kechadi"
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 27

Hansi Flik: "Betis"ga qarshi o'yin qiziqarli va shiddatli kechadi"

Hansi Flik: "Betis"da ajoyib hujum chizig'i bor va o'ylashimcha, ularga qarshi himoyalanish oson bo'lmaydi. Ular o'z uyidagi barcha o'yinlarda g'alaba qozonishgan, qolaversa, ular juda chiroyli futbol namoyish etishmoqda. "Betis" ham ayni damda ajoyib davrni boshdan kechirmoqda. Bu qiziqarli va shiddatli o'yin bo'ladi.

Menimcha, biz ular taqdim etadigan bo'sh zonalardan unumli foydalana olamiz va men aynan shuni ko'rishni istayman. O'ylashimcha, biz maydonning so'nggi uchdan bir qismida to'g'ri qarorlar qabul qilishimiz kerak, shuning uchun aynan shu narsani kutaman. Biz kimligimizni va qanday o'ynashni xohlayotganimizni ko'rsatib qo'yishimiz shart.

❓Frenki de Yongning qaytishi yarim himoyadagi yuqori raqobatni hisobga olganda qanday kechadi?

Hansi Flik: "Bu biz ishlashimiz kerak bo'lgan jihat, ammo u ham jarohatdan, qolaversa, jiddiy jarohatdan endigina qaytganini tushunishi kerak. U safga qaytdi va biz bundan xursandmiz, ammo endi uning o'yin vaqtini to'g'ri taqsimlashimiz, unga asta-sekin daqiqalar berib borishimiz kerak va biz aynan shunday qilamiz".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!