Hansi Flik "Galatasaroy"ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumanida fikrlarini bildirib o'tdi:
❓Nima uchun ikkinchi bo'limda o'yinni tubdan o'zgartira oldingiz?
🗣 Hansi Flik: "Men jamoaga birinchi bo'limda qilgan ishlarini juda qadrlashimni aytdim. Albatta, "Galatasaroy"ning birinchi bo'limda 2-3 ta vaziyati bo'ldi va bu biz to'pni yo'qotganimiz sababli yuz berdi. Biz oxirgi uchlikda optimal qarorlar qabul qilmadik. Buni tuzatish kerak, lekin men uchun birinchi bo'limdayoq o'yinga qaytganimiz muhim edi. Bunday stadionda, bunday muhitda bu juda muhim edi. Va albatta, ikkinchi bo'limda biz o'yinni to'liq nazorat qildik va buni ko'rish yoqimli edi. Lamin ikkinchi bo'limni fantastik o'tkazdi, bu biz uchun juda muhim edi".
❓Laminning o'yinini qanday ta'riflaysiz? Tanaffusda unga nimanidir aytdingizmi? 4-1 hisobida uni almashtirishni rejalashtirganmidingiz?
🗣 Hansi Flik: "Yo'q. Bizda jismoniy yuklamasini boshqarishimiz kerak bo'lgan boshqa o'yinchilar ham bor edi. Lamin yaxshi holatda, jismonan u eng yuqori darajada, qolaversa, u futboldan zavq olmoqda — bu ayniqsa ikkinchi bo'limda ko'rinib turdi. Uning darajasidagi o'yinchiga ega bo'lish ajoyib, u o'yin taqdirini bizning foydamizga hal qildi. Bu juda yaxshi bo'ldi".
❓Tanaffusda unga biror narsa dedingizmi?
🗣 Hansi Flik: "Men har doim butun jamoa bilan gaplashaman. Tanaffusda ham shunday bo'ldi. Ammo nima deganim kiyinish xonasida qoladi".
❓Jamoa o'yinida sizni nima ko'proq g'ururlantiradi?
🗣 Hansi Flik: "O'ylaymanki, birinchi bo'lim... Biz 0-1 hisobida ortda qolayotgan edik, lekin o'yinga qaytdik va bu birinchi bo'limdagi eng muhim jihat: hisobni tenglashtirganimiz. Ikkinchi bo'limda esa ancha yaxshiroq o'ynadik. Men buni jamoaga ham aytdim va takrorlay olaman: ular birinchi bo'limda qilgan ishni juda qadrlayman. Biz xuddi shunday o'ynashda davom etishimiz, o'yinni nazorat qilishimiz, to'pni oldinga surishimiz va raqibni harakatlanishga majbur qilishimiz kerak. Ikkinchi bo'limda bu bizda ancha yaxshi chiqdi. Bu bizning sifatimiz, kuchli tomonimiz va biz buni har bir o'yinda namoyish etishimiz kerak. Hozirgi darajamiz shu va o'yinchilar hamda jamoa ushbu darajaga mos kelishi muhim. Ular o'zlariga va biz o'ynamoqchi bo'lgan uslubga ishonishlari kerak".
❓Bu jamoani hozir hech narsa to'xtata olmaydigandek. Sizni to'xtatish mumkinmi?
🗣 Hansi Flik: "Futbol juda tez o'zgarishi mumkin. Biz hozirgi holatimizdan faxrlanamiz, baxtlimiz, o'zimizga ishonamiz va o'ynamoqchi bo'lgan uslubimizga sodiqmiz. Xo'sh, bizning ambitsiyalarimiz yuqoriroq: biz sovrinlar yutishni istaymiz. Hozir hech narsa yutib bo'lmaydi, shuning uchun yakunda... may yoki iyun oylarida yirik sovrinlar yutiladi. Biz buning ustida har kuni ishlayapmiz".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!