Hansi Flik: "Bugun g'alaba qozonishimiz juda muhim, bizga bu shunchaki kerak. Agar La Ligada g'olib chiqmoqchi bo'lsak, turnir jadvalida birinchi o'ringa qaytishimiz zarur. Biz "Atletiko", "Real" va "Betis" bilan keskin kurash olib boryapmiz. Bular juda kuchli jamoalar, shuning uchun bugun uch ochko olish biz uchun o'ta muhim.
Biz "Alaves" juda chuqur himoyalanishini hamda hujumga o'tish va qarshi hujumlarga tayanishini kutmoqdamiz. O'ylaymanki, ular bu jihatlarga alohida e'tibor qaratishadi. Ammo biz o'zimiz xohlagandek o'ynashimiz kerak: to'pga egalik qilish, uni doimiy harakatlantirish va uzatmalarimiz orqali raqibni joyidan qo'zg'atish. Va men doim aytganimdek, o'tish pallalarida xatolarga yo'l qo'ymaslik juda muhim, ayniqsa to'pni yo'qotganimizda. Biz diqqatni jamlashimiz kerak".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!