Hansi Flik «Feyenoord»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 13

Hansi Flik «Feyenoord»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Hansi Flik «Feyenoord»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida savollarga javob berdi:

❓Siz atrofda va hatto futbolchilar orasida agar Chempionlar ligasini yutmasangiz, bu mavsum muvaffaqiyatsiz deb topiladi, degan fikr borligini payqadingizmi?

🗣 Hansi Flik: «Har bir katta klub, har bir jamoa Chempionlar ligasini yutishni orzu qiladi, chunki bu eng yaxshi turnir. G'alaba qozonish uchun bizda barcha imkoniyatlar bor, ammo oldinda hali uzoq yo'l turibdi. Biz endigina boshlayapmiz va buni isbotlashimiz kerak. Nafaqat chempionatda, balki shu yerda ham. Biz shug'ullanmoqchi bo'lgan narsa aynan shu».

❓Tomoshabinlar uchun hamma Chempionlar ligasini yutishga qaratilgandek tuyuladi. Bu borada kiyinish xonasini qanday boshqarasiz? Va Rodri bu borada qanday yordam bera oladi, axir bu sovrinni faqat u yutgan bo'lsa?

🗣 Hansi Flik: «Bizda boshqa tajribali futbolchilar ham ko'p. Gap jamoa haqida ketmoqda. Har bir inson har kuni ushbu klub uchun bor kuchini berishga mas'uldir. Biz o'sishimiz kerak. To'rtta g'alabadan keyin hammasi silliq ketyapti deb o'ylamaslik kerak. Yo'q. Gap og'ir mehnat haqida ketyapti, biz aynan shu bilan bandmiz va men futbolchilardan aynan shuni kutaman. Futbolchilarning bir qismi hozirgi vaziyatdan norozi bo'lishi mumkinligini tushunaman, lekin bu normal holat. Bunday kuchli jamoangiz bo'lganda... Har kuni yaxshiroq ekanligingizni, harakat qilayotganingizni, o'ynashni xohlayotganingizni isbotlashingiz kerak. Sizning vaqtingiz kelganda, buni ko'rsatishingiz kerak. O'yinlarda namoyish etayotgan darajamiz mashg'ulotlarimiz sifatini aks ettiradi».

❓Siz Chempionlar ligasini yutishga qodir jamoangiz borligini aytyapsiz. Ilgari jamoani ortidan ergashtiradigan yetakchi yetishmayotgani aytilardi. Hozir bu sovrinni yutish uchun imkoniyatlaringiz ko'proqmi?

🗣 Hansi Flik: «Hozirgi vaqtda hammasi yaxshi ketayotgandek ko'rinadi. Men yuqori mahorat darajasini, shiddatni ko'ryapman, hamma o'yin konsepsiyamizga moslashyapti. Shuningdek, maydonda va mashg'ulotlarda ko'p muloqotni ko'ryapman, katta jamoalar uchun hamma birlashishi, birgalikda kurashishi muhim. Maydondagi dialog ham muhim, bir-biriga yordam berish, qo'llab-quvvatlash va ba'zi jihatlarni to'g'rilash kerak. Hozir hammaning bunga tayyorligini, faolligini ko'ryapman va bu yaxshi».

❓Futbolchilarning ba'zilari norozi ekanligini aytdingiz. Kiyinish xonasida yaxshi muhitni saqlab qolish siz uchun sinovmi?

🗣 Hansi Flik: «Ha, albatta, bu ishimizning bir qismi. Bu futbolchilarning ham ishi, chunki bu biznes. Men jamoa uchun, qaysi o'yinda kim maydonga tushishi uchun javobgarman, qaror qabul qilishim kerak va shunday qilaman ham. Men har kuni barcha futbolchilarni kuzataman, keyin ba'zi jihatlarni tahlil qilamiz va aniq raqibga qarshi qaysi tarkib optimal bo'lishini hal qilamiz — ishimiz shunday tuzilgan. Men har doim futbolchilarga nima uchun maydonga tushmayotganlarini tushuntirishga harakat qilaman. Biroq, ular ishlashda davom etishlari, ijobiy kayfiyatni saqlashlari va bir-birlarini qo'llab-quvvatlashlari kerak».

❓Siz Chempionlar ligasi eng muhim sovrin, orzu ekanligini aytdingiz. Ammo La Ligada ketma-ket uchinchi chempionlikni qo'lga kiritish ligadagi ustunligingizni ko'rsatib bermasmidi? Kundalik ish nuqtai nazaridan qaraganda, bu ko'proq ahamiyatga ega emasmi?

🗣 Hansi Flik: «O'ylaymanki, bu ham maqsadlarimizdan biri. Biz chempionatni ketma-ket uchinchi marta yutmoqchimiz. Bu favqulodda holat va biz buning ustida ishlayapmiz. Agar buning uddasidan chiqilsa, bu katta yutuq bo'ladi».

❓Zamonaviy futbolda ko'p teatrallik bor, uni na VAR, na hakamlar jazolaydi. «Barsa» simulyatsiyalar uchun jazo talab qilishi kerak deb hisoblaysizmi?

🗣 Hansi Flik: «Bu mening ishim emas. Hakamlik darajasi ham Chempionlar ligasida, ham La Ligada yaxshi deb hisoblayman. Bu mavzuda boshqa gapim yo'q. Biz hakamlar bilan birgalikda ushbu ajoyib sport turi bilan shug'ullanishimiz, ularni qo'llab-quvvatlashimiz kerak, chunki ularning ishi oson emas. Men har doim xotirjamlikni saqlashga va ularni qo'llab-quvvatlashga harakat qilaman».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!