Hansi Flik «Feyenoord»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi
Barca Family News ↗ ●●●●● Matbuot 👁 17

Hansi Flik «Feyenoord»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi

Hansi Flik «Feyenoord»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida:

❓Bugun siz beshta o'zgarish qildingiz, jamoa beshta gol urdi va darvozaga to'qqizta zarba berdi. Mavsum boshida asosiy tarkib va zaxira o'yinchilari o'rtasidagi farq o'tgan mavsumdagidan kamroq deb hisoblaysizmi?

🗣 Xansi Flik: «Men buni mashg'ulotlarda ko'ryapman, bizda mashg'ulotlarda yuqori sifat darajasi bor... Bu yerda har doim aynan mashg'ulotlardagi raqobat haqida gap ketadi. Ha, kecha aytganimdek, har bir pozitsiyada bizda sifatli o'yinchilar ko'p. Bu biz uchun ham, men uchun ham yaxshi, chunki o'zgarishlar qilish mumkin va jamoa bizning g'oyalarimizga ergashadi. Bu fantastika».

❓Bugun biz Lamin Yamalning navbatdagi ajoyib o'yinini ko'rdik. U jamoa sardori edi. Uni «Oltin to'p»ga nomzodlar ro'yxatiga kiritishdi. Lamin Yamal «Oltin to'p»ni yuta oladi deb o'ylaysizmi?

🗣 Xansi Flik: «Albatta, u bizning o'yinchi, «Barsa» futbolchisi. U «Oltin to'p»ga loyiq, shunday ekan... Men uchun bu aqlbovar qilmas futbolchi, buni har bir o'yinda ko'rish mumkin. U noyob, u kabi boshqa hech kim yo'q. U bunga loyiq».

❓Hujumchi haqida ko'p gapirishdi. Bugun bu pozitsiyada uch xil sifatga ega uchta o'yinchi o'ynadi. Har biri nima bera oladi? Rafinya, Dani Olmo va Gabriel Jezus...

🗣 Xansi Flik: «O'ylayman-ki, har qanday vaziyatda biz o'zgarishimiz mumkin. Bu yaxshi. Buning sharofati bilan biz o'yin borishini nazorat qila olamiz, Dani buni yaxshi uddalaydi va... Rafinya: bugun u ajoyib intensivlik bilan o'ynadi. U bo'shliqqa hujum qilgan va Pedridan yaxshi pas qabul qilgan lahza: bu ajoyib. Bizda vaziyatlar ko'p. Biz qarshi hujumlarda, o'tish lahzalarida yaxshi o'ynayapmiz, lekin to'pni ushlab turish, lahzani kutish kerak bo'lganda ham... Biz mos lahzani kutamiz va uni topamiz. Bugun Laminning jarima zarbasi fantastik edi. Bu ham yaxshi lahza».

❓Kecha menga zerikarli edi, «Real» muxlislari kabi «Inter»ga qarshi o'yinda. Bugun esa men futbolni sevuvchilar qatori ajoyib vaqt o'tkazdim. G'alaba uslubidagi bu ulkan farq haqida nima deb o'ylaysiz?

🗣 Xansi Flik: «Men o'yindan qanday zavq olayotganim haqida gapira olganimdan juda xursandman. Men «Barsa» murabbiyiman, bu yerda ekanligimdan juda xursandman. O'ylayman-ki, dastlabki beshta o'yinni juda yaxshi o'tkazdik, ko'p gol urdik, lekin shu bilan birga jamoa sifatida, yaxlit bir butun sifatida o'ynadik. Bundan tashqari, o'yin borishini nazorat qilishni, ustunlik qilishni bildik. Buni ko'rish aqlbovar qilmas... Va biz aynan shunday o'ynashni istaymiz. Biz kules o'yinimizdan zavqlanishini istaymiz va hozir aynan shunday bo'layotganiga ishonaman».

❓Mavsum boshlanishi taassurot qoldiruvchi bo'ldi. Barcha o'yinlarda g'alaba qozonildi, 22 ta gol urildi... Bu Xansi Flikning eng yaxshi «Barsa»simi? O'yindan olinadigan quvonch va uslubni nazarda tutyapman.

🗣 Xansi Flik: «Men ko'rayotgan narsam menga yoqadi, lekin yaxshilanishimiz kerak bo'lgan jihatlar ham bor. Eng muhimi — bu mashg'ulotlar. Aynan o'sha yerda o'rganasan va mukammallashasan. Mashg'ulotlardagi sifat darajasi bilan biz har bir o'yinga chiqamiz. Keyin esa qayerda yaxshilanish mumkinligini ko'ramiz. Hozir ham ko'rib chiqamiz, o'yinni tahlil qilamiz va keyingi safar yaxshiroq o'ynashga harakat qilamiz. Men mamnun emasman deb yolg'on gapira olmayman, chunki... men juda xursandman. Lekin har doim yaxshiroq bo'lish imkoniyati bor va biz buni qila olamiz».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!