Hansi Flik «Galatasaroy»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 37

Hansi Flik «Galatasaroy»ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Hansi Flik «Galatasaroy»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Hansi Flik: «Eng avvalo, biz bu yerda bizni kutayotgan muhitga tayyor bo'lishimiz kerak. O'ylaymanki, bu dunyodagi eng yaxshi muhitlardan biri. Stadionda nimalar bo'layotganini, muxlislar qanday shovqin ko'tara olishini eshitganimda, hayratda qolaman. Bu shunchaki aqlbovar qilmas holat. Muxlislar o'z jamoasini ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlaydi va buning natijalari hattoki grandlarga qarshi o'yinlarda ham ko'rinadi. «Galatasaroy» ular bilan tengma-teng o'ynay oladi va shubhasiz, sezilarli darajada o'sishga erishdi.

Ularning tarkibida ko'plab ko'zga ko'ringan futbolchilar bor, ayniqsa hujum chizig'ida. Biroq biz uchun eng muhimi — bir jamoa bo'lib, birlashib himoyalanish. Har bir o'yinchi himoyadagi harakatlarda ishtirok etishi shart. Jamoamdan aynan shuni kutaman».

Hansi Flik: «Buni bosim deb atash mumkinmi, bilmayman. Men uchun bu mashg'ulotlarda qanday ishlayotganimizning natijasi. Matbuot anjumanlarida doimo takrorlayman, mashg'ulotlarda ko'rayotganlarimdan juda mamnunman. O'ylaymanki, o'yinchilarning bir-biri bilan o'zaro munosabati ham katta ahamiyatga ega. Kiyinish xonasidagi muhit shunchaki fantastik. Albatta, har bir o'yin — bu alohida voqea. Har bir bahs 0:0 hisobidan boshlanadi va ertaga ham xuddi shunday bo'ladi.

Bu biz uchun oson o'yin bo'lmaydi. Aksincha, bizni juda qiyin bahs kutib turibdi va bunga tayyor ekanimizni ko'rsatishimiz kerak. Hozirgi vaziyatda bo'lish — bu imtiyoz, ammo futbolda hamma narsa juda tez o'zgarishi mumkinligini yaxshi bilamiz. Shu sababli, odatdagidek diqqatni jamlashimiz kerak. Jamoamdan aynan shuni kutaman. O'yinchilarim aynan shu yerda, aynan shunday muhitda ushbu sinovga tayyor ekanliklarini ko'rsatishlarini istayman».

Hansi Flik: «Yo'q, men buni bunday qabul qilmayman. Avval aytganimdek, bu imtiyoz. Bunday vaziyatda bo'lish — katta sharaf. Biz har kuni astoydil ishlayapmiz, biroq mavsum yakuniga qadar hali uzoq yo'l bor va buni juda yaxshi tushunamiz. Shuningdek, diqqatni jamlagan holda qolishimiz kerakligini ham bilamiz. Har bir o'yinga shu paytgacha bo'lgan munosabat bilan yondashishimiz lozim.

Jamoa kerakli kayfiyat, mentalitet va intensivlikni namoyish etishda davom etishi juda muhim. Albatta, to'p bilan muomalada ishonch ham kam ahamiyatga ega emas. Avvalgi to'qqizta o'yinda ko'rsatgan ishonchimizni saqlab qolishimiz kerak».

Hansi Flik: «Ha, albatta, u tayyor. U o'yinga tayyor, biroq maydonga tushadimi yoki yo'q — buni hozircha bilmaymiz. Ko'ramiz. Qarorni ertaga, jumladan bugungi mashg'ulotda ko'radiganlarimizdan kelib chiqib qabul qilamiz. Biroq uning jamoamizda ekanligidan juda xursandman.

Rostini aytsam, uning kelishi men uchun kutilmagan holat bo'ldi, ammo yakunda u mutlaqo fantastik inson bo'lib chiqdi. Bu bizga haqiqatan ham ko'p narsa bera oladigan juda yaxshi futbolchi. Uning xulq-atvori va xarakteri jamoamizga mukammal darajada mos tushadi. U ajoyib yigit va zo'r futbolchi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!