Hansi Flik: "Men o'yindan noroziman. Bugun biz 100% jismoniy tayyor emasligimizni sezgan bo'lsangiz kerak — odatda biz bugungidan ko'ra faolroq va shijoatliroq bo'lamiz. O'ylaymanki, ko'proq vaziyatlar yaratishimiz mumkin edi, ammo ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik deb hisoblayman.
"Real" ikkinchi golni urish uchun ikkita imkoniyatga ega bo'ldi, ammo shundan so'ng biz o'yinga qaytib, uni nazorat ostiga oldik va hisobni tenglashtirdik, bu biz uchun juda muhim edi. O'sha lahzada o'yin bizning foydamizga hal bo'layotganini va ustunlikka ega ekanligimizni his qildim. Ammo yakunda biz yana o'sha xatoga yo'l qo'ydik: raqib bosimi ostida hujum qurishga uringanimizda, "Real" to'pni olib qo'ydi va darhol qarshi hujum uyushtirib, gol urdi.
Biz sodir bo'lgan voqeani qabul qilishimiz kerak. Albatta, bu biz uchun ideal natija emas, lekin bunga ko'nikish kerak, chunki mag'lubiyatlar ham futbolning bir qismi.
Bu o'n o'yindagi ilk mag'lubiyatimiz va biz buni ham hisobga olishimiz kerak. Avval aytganimdek, bugun biz eng yuqori darajada o'ynamadik va o'ylaymanki, gap tetiklik va energiyada ham — jamoa o'yinida aynan shu narsa yetishmadi. Endi keyingi o'yingacha bir haftamiz bor va biz undan yaxshi tayyorgarlik ko'rish, shuningdek, bu muhitdan biroz dam olish uchun foydalanishimiz mumkin. Hozir bu biz uchun juda muhim. Biz tetiklikni tiklashimiz, jismoniy holatni yaxshilashimiz hamda jamoaga faollik va energiyani qaytarishimiz kerak".
❓Bugungi asosiy muammo energiya va jismoniy holat bilan bog'liq deb hisoblaysizmi? Futbolchilar futboldan tashqari boshqa narsalar haqida o'ylab, chalg'ishlari kerakmi?
Hansi Flik: "Yo'q, men bu muhitdan uzoqlashish haqida gapirganimda, futbolchilarga mashg'ulotlar, mashg'ulot bazasi va jamoaning kundalik ishi bilan bog'liq barcha narsalardan biroz vaqt kerakligini nazarda tutyapman. Ularning bu muhitdan biroz dam olishlari muhim, shuning uchun ularga bir kunlik dam beriladi. Hozirgi vaziyatda bu ular uchun zarur va muhim deb hisoblayman".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!