Hansi Flikning PSJga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumani.
Hansi Flik: "Bu bahona emas, ammo futbolchilar dam olmagani sababli xatolar yuz berdi. Ular so'nggi haftalarda amalga oshirgan ishlar tahsinga loyiq, jamoaning mentaliteti va kayfiyatini juda qadrlayman. Bugun ular buni yana bir bor ko'rsatishdi, bu oson emasdi. To'pni qaytarib olish, o'yinni tashkil etish, biz ularni yuqori pressing qildik, raqiblarimiz ham fantastik o'yin ko'rsatishdi. Sevilla o'yinidan keyin nima bo'lganini hammamiz bilamiz (reys kechikishi), bu bizga yordam bermadi. Biz kuchimizni tiklay olmadik. Bu bahona emas, shunchaki nima uchun eng yuqori darajamizni ko'rsata olmaganimizni tushuntirmoqchiman. Biroq, biz yaxshi o'ynadik, o'ylayman-ki, muxlislar uchun bu ajoyib o'yin bo'ldi. Biz bundan saboq olishimiz kerak. Oktyabr oyida sovrinlar yutilmaydi. UEFA Chempionlar ligasi iyun oyida yutiladi".
Hansi Flik: "Klasiko tarkibga va o'yin davomidagi o'zgarishlarga katta ta'sir qildi. Biz majburiy o'zgarishlarni muhokama qildik, masalan, Rodri holatida shunday bo'ldi. Erik va Jyul jarohatlangan. Qanot himoyachilarimiz Joau Kanselu va Xavi Espart shunday kuchli raqiblarga qarshi ajoyib himoyalanishdi. Xavi nihoyatda yuqori darajani namoyish etdi. Shuningdek, ijobiy jihatlarga ham e'tibor qaratishimiz kerak: Xavining o'ng qanot himoyasida bunday darajada o'ynashi — men ko'rmoqchi bo'lgan narsa edi".
Hansi Flik: "Dani Olmo juda xafa. Jarohati qanchalik jiddiy ekanligini hozircha bilmaymiz, kutamiz va ko'ramiz".
Hansi Flik: "Xo'sh, PSJ va Manchester Siti ko'p gol urishdi. Hisob 3:2 bo'lganidan so'ng, jamoa biroz sindi va to'rtinchi golni o'tkazib yubordi. Men aytganimdek, biz bu o'yinni tahlil qilamiz. Men ko'plab ijobiy jihatlarni ham ko'rdim, salohiyatimizni his qildim, menda salbiy hislar yo'q. Men doimo ijobiy fikrlayman. Bugun nimalarni yaxshilashimiz kerakligini tahlil qilish uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi".
Hansi Flik: "PSJ ko'plab golli vaziyatlar yaratdi. Joan ularning ko'pini fantastik tarzda qaytardi, u bugun maydonda bo'lgani yaxshi bo'ldi. Biz ham vaziyatlar yaratdik. Oldingi o'yinlarda ularni golga aylantirgan edik, bu biz uchun g'alaba qozonish uchun ideal lahza edi, ammo bo'lar ish bo'ldi. Ko'ramiz. Biz xotirjamroq o'ynashimiz, yaxshiroq joylashishimiz kerak, o'yinchilar o'zaro yaxshiroq hamkorlik qilishlari lozim. Gap o'zaro tushunish, o'yinchilar orasidagi masofa va joylashuv haqida ketmoqda. Muayyan vaziyatlarda qanday o'ynashimiz kerakligi bo'yicha aniqroq tasavvurga ega bo'lishimiz kerak. Agar hujumni yakunlash imkoniyati bo'lsa, buni amalga oshirish shart. Bugun PSJda shunday yondashuvni ko'rdim, biz esa buni yaxshilashimiz kerak".
Hansi Flik: "Ko'p narsa. U o'tgan mavsumda biz bilan ilk bor mashg'ulot o'tkazganida, bunday darajada o'ynayotganidan hayratda qolgandim. U U-19 terma jamoasi safida Yevropa chempionatida ishtirok etdi va atigi bir hafta ta'til oldi, o'shandan beri eng yuqori darajada o'ynamoqda — bu hayratlanarli. U go'yo kamida uch mavsumdan beri asosiy tarkibda o'ynayotgandek taassurot qoldiradi. Uning PSJ kabi yuqori darajadagi futbolchilarga qarshi himoyalanishi ajoyib edi. U bu mavsumda o'zining ikkinchi golini urdi, u fantastik ish qilmoqda".
Hansi Flik: "Ha. Shunchaki tan olamanki, ha. Rodri terma jamoa safida ko'p daqiqa o'ynadi, keyin esa dam olmasdan Barcelonada o'ynadi. Men u bilan ertalab gaplashdim va Bernald maydonga tushishi haqidagi qarorimni aytdim. O'ylayman-ki, bu ham biz uchun, ham u uchun to'g'ri bo'ldi. Birinchi bo'limda ajoyib o'ynadik, ikkinchisida esa biroz yaxshiroq o'ynashimiz kerak edi. Bernald ham juda yaxshi harakat qildi, o'ylayman-ki, to'g'ri qaror qabul qildik. Umid qilamanki, Rodri yakshanba kuniga qadar dam olib, tayyor bo'ladi".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!