Hansi Flikning «Rasing»ga qarshi o'yindan keyingi matbuot anjumani:
❓Yetti gol, ikkita o'tkazib yuborilgan gol, uchta penalti, o'n sakkizta burchak zarbasi... Murabbiy sifatida sizga bunday o'yinlar yoqadimi?
🗣 Xansi Flik: «O'yinimiz, natija va uch ochko menga yoqdi. Ha... Nima ham derdim, biz xursandmiz, jamoa xursand, chunki biz g'alaba qozondik. «Rasing» bilan o'ynash oson bo'lmadi, chunki mening nazarimda, ular yaxshi futbol ko'rsatishdi. Ular to'p bilan yuqori o'ynashni, uni oyoqda ushlab turishni yaxshi ko'rishadi va ba'zi vaziyatlarda oson bo'lmadi. Ammo nima bo'lganda ham, biz bu natijaga loyiq edik».
❓Joan Garsiya bilan aynan nima sodir bo'lganini aytib bera olasizmi? Jarohatni istisno qilasizmi? Va Shchensni o'ynaganda xotirjammisiz?
🗣 Xansi Flik: «Albatta, u bizning darvozabonimiz. Xo'sh, u bitta xatoga yo'l qo'ydi, lekin barchamiz xato qilamiz, bu normal holat va shunday bo'lib turadi. Joan tizzasida muammolar bor, ammo ko'ramiz, kutish kerak».
❓Siz yettita o'yinning barchasida g'alaba qozondingiz — bu klub tarixidagi eng yaxshi mavsum starti. Bu statistika siz uchun nimani anglatadi?
🗣 Xansi Flik: «Yaxshi natija bilan boshlash har doim yaxshi. Agar shunday bo'lsa, bu ajoyib start. Ammo asosiysi — yaxshi yakun. Biz buning ustida ishlashimiz kerak va shunday qilamiz. Hozir yaxshi palladamiz va bundan foydalanishimiz lozim. Keyingi o'yin shanba kuni, u ham juda qiyin, Sevilyada bo'ladi. Biz uchun bu muhim, chunki dastlabki sakkizta o'yinning har birida g'alaba qozonishni istaymiz. O'tgan mavsumni eslasak, oson bo'lmaydi... Natijani eslayman... Bundan tashqari, terma jamoalar o'yinlari uchun tanaffus kutib turibdi... Biz tayyor bo'lishimiz kerak».
❓7:2 hisobida oldinda borayotgan jamoa raqib maydonida qanday qilib pressingga o'tishi mumkin? Barchasi birgalikda.
🗣 Xansi Flik: «Bu bizning mentalitetimiz, biz aynan shunday o'ynashni xohlaymiz. Men bu haqda o'yinchilarga ham aytaman. To'pni yo'qotganimizda, biz pressing qilishimiz kerak. Bir o'yinchi emas, ikkitasi emas, barchamiz birgalikda. Ular shunday qilishdi. Buni ko'rish juda yoqimli».
❓Siz terma jamoalar tanaffusidan keyin eng yuqori darajani kutayotganingizni aytgandingiz, ammo start taassurotli chiqdi. Sizda allaqachon shunday yaxshi jamoa borligi va keyinchalik bu o'zgarishi mumkinligi sizni cho'chitmaydimi?
🗣 Xansi Flik: «Yo'q, men har bir qo'lga kiritilgan ochkoni quvonch bilan qabul qilaman. Yaxshi boshlanish har doim muhim. Bu bizga ishonch bag'ishlaydi va o'ylaymanki, bu maydonda ko'rinib turibdi — biz bu ishonchni namoyish etyapmiz. Men uchun eng muhimi — bu dinamika, o'yinimizdagi intensivlik va: barchasi jarayonga jalb qilingan. To'p bizda bo'lmaganda har kim pressing qiladi. Mening nazarimda, jamoa bo'lib ishlashimiz asosiy omilimiz kalit vazifasini o'taydi».
❓Bu «Barselona»dagi uchinchi mavsumingiz. Biz Flik qo'l ostida «Barsa»ning buyuk lahzalarini ko'rdik, ammo hozirgi mavsum eng muvozanatli mavsummi? Jamoani nazarda tutyapman: oldingi mavsumlarga qaraganda u eng muvozanatlimi?
🗣 Xansi Flik: «Taqqoslash oson emas. Menga bu yoqmaydi, chunki men o'tgan mavsumlarda bu jamoada ko'rgan narsalarimni yuqori baholayman: birinchi va ikkinchi mavsumlarda. Birgalikda beshta sovrin yutdik. Bu hali oxiri emas. Biz yana ko'proq yutish uchun shu yerdamiz. Bu bizning maqsadimiz, biz xohlagan narsa shu. Bu muhim, ammo barcha biladiki, biz ishlashimiz kerak. Ishlash qiyin. Mening nazarimda, biz to'g'ri yo'ldamiz, yaxshi formadamiz va buni saqlab qolishimiz kerak».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!