Hansi Flik «Real»ga qarshi o'yindan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi:
❓Bu hafta sodir bo'lgan voqealar sizning realligingizmi yoki shunchaki ikkita istisno?
🗣 Hansi Flik: «Biz buni unutolmaymiz, bu ikki mag'lubiyat, biz hafsalamiz pir bo'ldi. Birinchi bo'lim unchalik yaxshi o'tmadi, ikkinchisi — hisobni tenglashtirgan goldan keyin — ancha yaxshiroq edi. O'ylaymanki, biz o'yin borishini nazorat qildik, bizga biroz omad yetishmadi, lekin nima bo'lsa bo'ldi.
Raqiblar yaxshi o'ynashdi, bizga bo'shliq qoldirishmadi, bugun ham bizga tetiklik yetishmagani ko'rinib turdi. Bu chempionatdagi ilk mag'lubiyat, biz ketma-ket to'qqizta o'yinda g'alaba qozongandik. Mag'lubiyatlar — o'yinning bir qismi, biz vaziyatni tahlil qilishimiz, xatolarimizni to'g'rilashimiz kerak va biz buni qilamiz. Asosiysi — to'g'ri munosabat bildirish».
❓La Ligada ketma-ket 9 ta g'alaba qozongandingiz, ammo eng muhim o'yinda mag'lub bo'ldingiz. Bugungi mag'lubiyatga qanday baho berasiz? Bu sizni qanchalik xavotirga solmoqda?
🗣 Hansi Flik: «Biz ulkan salohiyatga ega raqibga qarshi o'ynadik. Avval aytganimdek — bizga tetiklik yetishmayotgani ko'rinib turdi. Bu haftalardan keyin, xususan «Betis»ga qarshi o'yindan so'ng, o'yinchilarim uchun oson bo'lmadi. Biz diqqatimizni jamlashimiz, yaxshi tiklanib olishimiz kerak. Mavsum oxirigacha hali uzoq yo'l bor. Bugungidek holatlar yuz berib turadi, biz bu haqda o'ylab, xatolarimizni tuzatishimiz kerak».
❓Mavsum boshidan beri qayd etgan g'alabali seriyangizdan so'ng, ketma-ket uchragan bu ikki mag'lubiyat jamoada shubha uyg'otishi mumkinmi?
🗣 Hansi Flik: «Yo'q, albatta, yo'q. Muhim o'yinlarda mayda detallar hal qiluvchi ahamiyatga ega, aynan ular yakuniy natijani belgilaydi. Bugun omad biz tomonda emasdi».
❓Bu "Barselona" himoyasi ishonchli o'ynamagan navbatdagi o'yin bo'ldi. Bir hafta ichida — 2 ta o'yin, 2 ta mag'lubiyat va o'tkazib yuborilgan gollar. Ularning ba'zilari hal qiluvchi pallalarda yuz berdi, masalan, Mbappening goli kabi, o'yin tugashiga bor-yo'g'i uch daqiqa qolgandi. Jamoaga muhim o'yinlarda yaxshiroq harakat qilish uchun nima yetishmayapti? O'tgan mavsumda siz "Atletiko"ga, undan oldin esa "Inter"ga yutqazgandingiz. Ko'rinishidan, jamoa bu borada o'sishga erishmayapti.
🗣 Hansi Flik: «Albatta, biz xatolarimizni tuzatishimiz kerak. Bugungidek o'yindan so'ng, bunda hech qanday shubha yo'q. Nimalarni yaxshilashimiz kerakligini bilaman, biz buni mashg'ulotlardan va o'yinlardan keyin muhokama qilamiz va biz buni amalga oshiramiz. Men bu borada xavotirda emasman, chunki aytganimdek, mag'lubiyat — futbolning bir qismi. Oxirgi haftalarda ikki marta mag'lub bo'ldik. Men va kules uchun bu juda ko'p. Biz ayniqsa «Real» bilan bo'lgan Klasikoda yutqazishni istamagandik, lekin futbol shunaqa».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!