❓Siz o'zingiz birinchi va ikkinchi sardorlarni tanladingiz — Rafinya va Pedri, qolganlarini esa jamoa tanladi. Bu ikki futbolchini tanlashda nimalarga asoslandingiz va jamoadoshlari sardorlar qatoriga qo'shgan Frenki de Yong haqida nimalar deb o'ylaysiz?
🗣 Xansi Flik: «Bu normal holat, chunki o'tgan mavsumda ham shunga o'xshash bo'lgan. O'ylashimcha, faqat ikki kishi o'zgardi. Mark-Andre ter Shtegen ketdi, Ronald ham ketdi, shuning uchun ularning o'rnini Erik va Lamin egalladi. Men jamoaga va unga katta ta'sir o'tkazadigan o'yinchilarga qaraganimda, men uchun bular Rafinya va Pedri. Men besh nafar sardorni o'zim mustaqil tanlamoqchi emasdim. Men bu ikkilikni tanlamoqchi edim, chunki ular juda muhim va qoida tariqasida ikkalasi ham asosiy tarkibda o'ynashadi. Men uchun bu qaror aniq edi, chunki aytganimdek, hozir jamoani avvalgiga qaraganda ancha yaxshi bilaman. O'tgan mavsumda Mark o'ynamadi, Ronald uzoq vaqt safdan chiqqandi, Frenki ham xuddi shunday. Shuning uchun ham shunday qaror qabul qildim.Yakunda esa aynan jamoa bu beshlikni belgilab berdi va mening nazarimda, bu juda yaxshi guruh. Bu yetakchilardan iborat yaxshi jamoa va men bundan mamnunman, chunki bu juda muhim. Hozir hamma narsa to'g'ri yo'nalishda ketmoqda, ammo gaplashib olishimiz kerak bo'lgan qiyinroq vaziyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Ayniqsa, bu mavsumda menga jamoa uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladigan har bir o'yinchi kerak. Men bu futbolchilarning tanlovi to'g'ri deb hisoblayman va bu guruhdan mamnunman».
❓Angliyadagi mavsumoldi tayyorgarligi vaqtida siz terma jamoalar o'yinlaridagi tanaffusdan so'ng, ya'ni sentyabr va oktyabr oylarida jamoangizdan maksimal sport formasini kutayotganingizni aytgandingiz. Bu tanaffusgacha chempionatda yana to'rtta o'yin qoldi. Tanaffusgacha barcha ochkolarni qo'lga kiritishni imkonli deb hisoblaysizmi?
🗣 Xansi Flik: «Biz buning ustida ishlayapmiz. Biz har kuni shu ustida ishlayapmiz va avval aytganimdek, sifat borligini, shuningdek, kayfiyat va mentalitet juda yuqori darajada ekanligini ko'ryapman. Bu har bir mashg'ulotda juda yaxshi ko'rinadi. Shuningdek, trenajyor zalida ham juda yaxshi kayfiyat va a'lo darajadagi muhit hukm surmoqda. Hamma qilayotgan ishimizga diqqatini qaratgan. Bu muhim».
❓Bugungi mashg'ulotda Kunde markaziy himoyachi rolida o'ynadi, ammo chempionatning dastlabki o'yinlarida siz uni ko'proq o'ng qanot himoyasida tushirdingiz. Siz uni mashg'ulotlarda markaziy himoyada sinab ko'ryapsizmi, ayniqsa chap oyoqli markaziy himoyachi jalb qila olmaganingizni hisobga olsak? Va sizningcha, Kundeni o'zingizning birinchi mavsumingizdagi formasiga qanday qaytarish mumkin?
🗣 Xansi Flik: «Jyul haqida shuni ayta olamanki, u ajoyib professional. Hozirgi vaziyatda ham, chunki u mavsumni asosiy tarkib o'yinchisi sifatida boshlamadi, lekin buni chaqiriq va raqobat sifatida qabul qilmoqda. Mashg'ulotlarda u bor kuchini bermoqda.Albatta, men u bilan markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynashi mumkinligi haqida ham gaplashdim. Biroq bilamanki, u ko'proq qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynashni afzal ko'radi, chunki mening nazarimda, u birinchi mavsumimizda aynan o'sha yerda o'zining eng yuqori darajasini ko'rsatgan. Biz uning yana o'sha pozitsiyaga qaytishini istaymiz va unga eng yaxshi formasiga erishishda yordam beramiz. Bu bizning vazifamiz. Biroq hozirgi vaqtda har bir pozitsiyada ajoyib variantlarimiz bor. Gap har doim jamoa haqida ketadi. Bir o'yinchi yoki men haqimda emas, har doim jamoa haqida. Shuning uchun biz har doim o'sha vaqtda jamoa uchun eng yaxshi bo'lgan qarorni qabul qilamiz. Albatta, vaziyat har qanday vaqtda, o'yindan o'yinga o'zgarishi mumkin. Men Jyul har kuni juda qattiq ishlayotganini va o'zining eng yuqori darajasiga qaytishni istayotganini ko'ryapman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!