Harri Maguayr:
«Men o'z golimni qayta ko'rib chiqmadim, shuning uchun bu haqda ko'p narsa deya olmayman. Bilaman, bu vaziyat chegarada edi. Bu ataylab qo'l bilan o'ynash emasdi.
Men zarba berdim va o'ylashimcha, shu sababli gol hisobga olindi. Bu yangi qoida. Biz ushbu g'alabaga va biroz omadga loyiq edik.
O'yinni juda yaxshi boshladik, ammo o'tkazib yuborilgan gol bizni biroz tushkunlikka soldi. O'tgan haftadagi mag'lubiyat og'ir kechdi va bu klubda mag'lub bo'lsangiz, bitta o'yindan keyinoq ko'p shov-shuv va inqiroz haqida gap-so'zlar paydo bo'ladi.
Tanaffusda nazoratni yo'qotganimiz haqida gaplashib oldik. Har qanday vaqtda gol ura olishimizni bilamiz va bugun buni isbotladik, yana ko'proq gol urishimiz ham mumkin edi.
O'tgan hafta hafsalamiz pir bo'lgandi. Bugun hal qiluvchi o'yin bo'lishini bilardik. Yaxshiyamki, uch ochkoni qo'lga kiritdik. Ammo bu bor-yo'g'i uch ochko, biz oldinga qarab harakatlanamiz, chunki oldinda uzoq mavsum turibdi. Biz navbatdagi o'yinga diqqatimizni qaratamiz».
Bruno Fernandesh haqida:
«Hatto uning o'yini qovushmayotgan bo'lsa ham, u har doim qaysidir pallada golli vaziyat yaratishini yoki gol urishini bilasiz.
Aynan shu sababli u o'z pozitsiyasida dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!