Il Messaggero nashri «Roma» va Fofana o'rtasidagi transfer holatiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo'lmoqda.
«Lion» klubi muzokaralarni o'tkazishga tayyorligini bildirgan, ammo bu «Fenerbaxche»ga qarshi javob o'yinidan keyin amalga oshadi. Dastlab «Roma» futbolchini majburiy sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi bo'lgan, biroq «Lion» bu taklifni rad etgan.
Hozirda Rim klubi 30 million yevro atrofida mablag' va bonuslar taklif qilishga tayyor. Agar «Lion» keyingi chorshanba kuni turnirdan chiqib ketsa, muzokaralar jadallashishi mumkin.
Futbolchining o'zi «Roma»ga o'tishga rozilik bildirgan. Rimliklar shuningdek, o'yinchining jismoniy holati va jarohatdan keyingi tiklanish jarayoni bo'yicha tibbiy kafolatlarni ham olib bo'lishgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!