"Inter" ayollar jamoasi ajoyib kambek qayd etdi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchrayotgan jamoa "Volfsburg"ni taslim etib, o'z tarixida ilk bor ayollar o'rtasidagi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Germaniyadagi dastlabki bahsda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan "neradzurrilar" javob uchrashuvida haqiqiy ertaknamo o'yin ko'rsatishdi. Asosiy vaqtni 3:1 hisobida yakunlagan jamoa, penaltilar seriyasida g'alaba qozonib, musobaqaning asosiy bosqichiga chiqdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!