FCInter1908 xabariga ko'ra, Dario Bachchin "Montsa" — "Kalyari" (4:0) uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatib bordi. Uning maqsadi klub "qalam ostiga" olgan bir nechta futbolchini yaqindan o'rganish edi.
Alessandro Romano (20 yosh) — e'tiborni eng ko'p tortayotgan nom. U joriy mavsumda "Kalyari" kashfiyotlaridan biriga aylandi va Italiya terma jamoasiga chaqiruv oldi.
Pol Mendi (19 yosh) — "Kalyari"ning iqtidorli yosh hujumchisi. So'nggi kunlarda uning "Inter"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.
"Inter" bir necha haftadan buyon "Sautgempton"dan "Montsa"da ijara asosida o'ynayotgan hujumchi Jey Robinsonni (19 yosh) kuzatib kelmoqda. Robinson gol urdi, to'rtinchi gol oldidan ustunni nishonga oldi va juda sifatli o'yin ko'rsatdi.
"Inter" shuningdek, Gustavo Varela (21 yosh) harakatlarini ham kuzatmoqda. U A Seriyadagi ilk golini aynan "Inter" darvozasiga kiritgan edi. Hozirda uning hisobida A Seriyaning 6 o'yinida 6 ta gol (bugun dubl qayd etdi) bor. Italiya Kubogidagi ikkita gol bilan birga u 7 o'yinda 8 ta golga mualliflik qildi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!