Dario Bacchin kimga tayanadi?
Vaziyat shunday: «Inter»da bir muncha vaqtdan buyon yangi sport direktori faoliyat yuritmoqda va unga zudlik bilan yordamchi kerak. Klub bu borada harakatni boshlab yubordi va hozirda Simone Lo Skyavo bilan muzokaralar olib bormoqda. U haqida nimalar ma'lum:
• 41 yoshli funksioner futbol sohasida to'qqiz yillik tajribaga ega. Ayni damda «Palermo»da skaut sifatida ishlamoqda.
• Lo Skyavoning mehnat faoliyati: «Viboneze» (sport direktori), «Roma» (skautlar bo'limi rahbari, yoshlar sektori koordinatori, sport direktori o'rinbosari), «Salernitana» (skautlar bo'limi rahbari) va «Palermo».
Qizig'i shundaki, «Roma», «Salerno» va «Palermo»dagi davrlari Morgan De Sanktis bilan yaqin hamkorlikda o'tgan (o'n yilliklar avvalgi darvozabonni eslaymiz). Morgan bir yildan buyon ishsiz, ammo uning oxirgi lavozimi «Palermo» sport direktori bo'lgan, aynan u Lo Skyavoni klubga olib kelgan edi.
• Lo Skyavo faoliyatidagi asosiy ishlar. «Roma»da – Feliks Afena-Gyan (yoshlar jamoasiga 0,5 mln yevroga olingan, 6 mln yevroga sotilgan), Benyamin Taxirovich, Kristian Volpato (0 yevroga olingan, 7,5 mln yevroga sotilgan), Joau Kosta (0,1 mln yevroga olingan, 9 mln yevroga sotilgan) transferlari ustida ishlagan.
«Salernitana»da – Bulaye Dia, Domagoy Bradarich, Flavius Danilyuk, Lorentso Pirola. Bu yerda ortiqcha to'lovlar va keyingi noqulay sotuvlar tufayli ba'zi savollar bor, ammo yakuniy qarorlarni u qabul qilmagan.
Hozircha shartnoma imzolanmagan, Lo Skyavo «Palermo» bilan shartnomani bekor qilish ustida ishlamoqda (ijtimoiy tarmoqlarda u ish yakunlanganini bildirib o'tgan). Keyingi qadam – Milan derbisidan so'ng bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «Inter» bilan uchrashuv. Klubda Simone Lo Skyavo shunchaki Bacchinning «yordamchisi» bo'lib qolmay, balki keng doiradagi vazifalarga ega menejer ham bo'ladi. Ulardan biri – skautlar jamoasi bilan muntazam hamkorlik. Yana biri – «Inter»ning U23 loyihasi ustida ishlash, bu esa Lo Skyavoning ixtisosligiga mos keladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!