Inter: Lautaro va Tyuram «Atalanta»ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin
Internazionale Milano ↗ ●●●●● Matbuot 👁 10

Inter: Lautaro va Tyuram «Atalanta»ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin

«Atalanta» bilan o'yinga to'rt kun qoldi. Qanday yangiliklar bor?

📌 Birinchi va eng muhimi: Lauti va Markus Tyuram ushbu uchrashuvda maydonga tusha oladi! Ikkalasi ham kecha umumiy guruhga qaytishdi, ikkalasi ham bo'lajak o'yinga jamoa bilan tayyorgarlikni davom ettirishadi.

📌 Pyotr Zelinski, Karlos Augusto va Manuel Akanji payshanba kuni «Inter» ixtiyoriga qaytishadi. Karlos chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tdi va u yerda hammasi joyida.

Qolgan terma jamoa a'zolari ikki kunlik dam olishdi – ularning qaytishi bugun kutilmoqda.

📌 Aleksandr Stankovichning ahvoli qanday? Serbiyalik futbolchi kelasi hafta oxirida umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytishi kutilmoqda.

📌 Anj-Yoan Bonining ahvoli qanday? 30-noyabrdan 6-dekabrgacha bo'lgan haftada mashg'ulotlarni boshlashi kutilmoqda.

***

Krisdan jamoaning hozirgi holati va formasi haqida so'rashdi. Misterning javobi:

««Inter»ga yopishtirilgan ba'zi yorliqlar menga yoqmayapti. Men to'xtagan joyimizdan qaytadan boshlamoqchiman: to'g'ri balans, yaxshi natijalar va o'tkazib yuborilgan gollarsiz o'yin, maydonda ko'rsatilgan agressiya va sifat».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!