Rasman: «Inter» ketma-ket ikkinchi yil foyda qayd etdi va moliyaviy yilni +22,7 million yevro bilan yakunladi. Klub 518 million yevro miqdorida daromadga erishdi, bu uning tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi. Bundan tashqari, klub kapitallashuvi mustahkamlanib, sof aktivlar yana 10,4 million yevroga ijobiy ko'rsatkichga qaytdi.
Tijoriy daromadlar 7 foizga o'sdi, bunga asosan Fanatics hamkori bilan amalga oshirilgan yangi biznes-model evaziga savdo (merchandising) daromadlarining ortishi sabab bo'ldi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!