Rasman: «Inter» yaqin haftalarda Fondazione Inter tashkil etilishini e'lon qildi. Bu klubning ijtimoiy va xayriya loyihalarini rivojlantirish bilan shug'ullanadigan o'z jamg'armasidir.
Jamg'armaning asosiy maqsadi — «Inter»ning ta'siri, resurslari va qadriyatlaridan foydalangan holda mahalliy jamoalarni qo'llab-quvvatlash, yoshlar uchun imkoniyatlar yaratish, ta'limni rivojlantirish hamda sport orqali ijtimoiy integratsiyani amalga oshirishdan iborat.
Faoliyatning birinchi markazi Milan bo'ladi, biroq kelajakda jamg'arma loyihalari boshqa mamlakatlarga ham tarqaladi. Shu bilan birga, klub 1997-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan Inter Campus bilan hamkorlikni davom ettiradi va uni xalqaro ijtimoiy faoliyatining muhim qismi sifatida saqlab qoladi.
Xayriya tashabbuslarini amalga oshirishdan tashqari, Fondazione Inter ilmiy, ta'lim, madaniy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish uchun maydonchaga aylanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!