🏟️ «Valensiya» kubok doirasidagi o'yinni «Mestalya»ga ko'chirdi!
28 oktyabr kuni «ko'rshapalaklar» Ispaniya Kubogining birinchi bosqichida «UE Tavernes de la Valldigna»ga qarshi bahs olib boradi.
Dastlab uchrashuv autsayder maydonida o'tishi kerak edi, ammo stadion sig'imining cheklangani va o'yinga bo'lgan qiziqish yuqoriligi sababli bellashuv «Mestalya»ga ko'chirildi.
🦇 Kichik klub uchun bu afsonaviy stadionda o'ynash uchun noyob imkoniyat, «Valensiya» uchun esa kubok bahsini o'z muxlislari qarshisida o'tkazish imkonidir.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!