Filippo Biafora xabariga ko'ra, Jayden Oosterwolde "Roma"ning beshinchi yangi futbolchisiga aylandi. "Fenerbaxche" bilan kelishuv 1 million yevro evaziga pullik ijara va 15 million yevro evaziga sotib olish huquqini (plyus 2 million yevro bonuslar) o'z ichiga oladi.
Ushbu band futbolchi mavsum davomida 15 ta o'yinda kamida 45 daqiqadan maydonda harakat qilgan taqdirda majburiy xaridga aylanadi. Himoyachi "Roma" tarkibidagi faoliyatini boshlash uchun yangi jamoadoshlariga qo'shilishga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!