Jerar Martin: "Atletiko"ga qarshi g'alaba muhim edi"
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 24

Jerar Martin: "Atletiko"ga qarshi g'alaba muhim edi"

🗣 Jerar Martin: "Atletiko"ga qarshi o'yinni yutib olish muhim edi, bu bizga ustunlikni ta'minlardi. Bizda hammasi joyida. Qolaversa, mavsum endigina boshlandi va biz rivojlanishda davom etishimiz kerak. Jamoa yaxshi holatda ekanini ko'ryapman. Ha, rost, ketma-ket mag'lub bo'lgan ikki muhim o'yindan keyin odamlar pichir-pichir qila boshlashdi, lekin men xotirjamman, chunki biz hamma narsani to'g'ri qilyapmiz.

"Atletiko"ga qarshi o'yinni unchalik yaxshi boshlamadik, lekin keyin vaziyatni o'nglab, ustunlikni qo'lga kiritdik va yakunda g'alaba qozondik, eng muhimi ham shu".

❓Sizlar Chempionlar ligasini yutishga muxlislik qilasizlarmi?

🗣 Jerar Martin: "Bunga muxlislik qilamizmi yoki yo'q, bilmayman, lekin qadam-baqadam oldinga borish kerak. Biz buni obsesiya (qattiq berilib ketish) deb hisoblamaymiz. Albatta, biz g'alaba qozonishni istaymiz va buning uchun qo'limizdan kelganini qilamiz, lekin buni obsesiya keltirib chiqaradigan salbiy tomonlarsiz amalga oshiramiz. Bu murakkab sinov ekanini bilamiz, lekin bor kuchimizni ishga solamiz".

❓O'zingizni qanday his qilyapsiz? Himoya atrofidagi doimiy bahslar va yangi himoyachilarni sotib olish zarurligi haqidagi gap-so'zlarga qanday munosabatdasiz?

🗣 Jerar Martin: "Hammasi yaxshi, o'ynayotganimdan juda xursandman. Bunga ancha xotirjam qarayman, chunki bilaman: o'yin uslubimizni hisobga olsak, eng kichik shubhalarda ham e'tibor doim himoyaga qaratiladi. Shaxsiy fikrimcha, jamoada qiyin davr boshlanishi bilan himoyachi va markaziy himoyachi pozitsiyalari shubha ostiga olinadi".

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!