Jerar Martin: "Barsa" bilan umrbod shartnoma imzolashga tayyorman"
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 5

Jerar Martin: "Barsa" bilan umrbod shartnoma imzolashga tayyorman"

❓Shensnining "Inter"ga qarshi o'yindan keyingi holat haqidagi intervyusida aytishicha, o'sha kuni kiyim almashtirish xonasida sizni tushkun kayfiyatda ko'rib, xalatda bo'lgan holda, elektron sigaret chekib, biroz psixolog vazifasini bajargan ekan.

🗣 Martin: "Ha. Oxir-oqibat, u ham katta tajribaga ega yigit. U yonimga o'tirib, nega yig'layotganimni so'radi, bir yarim yil oldin qayerda bo'lganimga va nimaga erishganimga qarashimni, faoliyatim davomida ko'p o'yinlarda mag'lub bo'lishimni, lekin eng muhimi — nimaga erishishim ekanligini aytdi".

❓O'sha o'yin qanchalik og'riqli bo'lmasin — axir yarim final juda qattiq ta'sir qilgandi — u sizni allaqachon top-darajadagi o'yinchi ekanligingizni tasdiqlovchi dalil bo'lganiga qo'shilasizmi? Yoki "Inter"ga qarshi o'yindan ustunroq turadigan boshqa uchrashuv bormi?

🗣 Martin: "Ha, o'tkazilgan joyni va uning ahamiyatini hisobga olsak, bu meni shu maqomda tasdiqlagan o'yin bo'lgan deb o'ylayman va, ehtimol, bu mening eng yaxshi o'yinim".

❓Boshqalari ham bormi?

🗣 Martin: "Ha, ehtimol bordir, shunchaki, oxir-oqibat, yarim finaldagi ikkita assist chempionat yoki Chempionlar ligasi saralash bosqichidagi o'yindan ko'ra ko'proq ahamiyatga ega".

❓"Barsa" o'yinchisi bo'lganingizdan beri biror marta jarohat olmadingiz...

🗣 Martin: "Xo'sh, yozda terma jamoada o'ynab, qo'limni sindirib olgandim, lekin umuman olganda bu rost. Lekin bilmayman, men har doim o'zimni imkon qadar yaxshi asrashga harakat qilaman va hozircha jarohatlarim yo'qligidan omadim keldi, umid qilamanki, bundan keyin ham shunday bo'ladi".

❓Mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida sizni shifokor bilan klinikaga borganingizni ko'rdik. U sizga qanday yordam beradi? Nega bunchalik erta tayyorgarlik ko'ryapsiz?

🗣 Martin: "Xo'sh, yakunda bizda Jahon chempionati va boshqa sabablar tufayli bir yarim oylik ta'til bo'ldi, bir yarim oy hech narsa qilmasdan, keyin birdaniga mashg'ulot boshlab bo'lmaydi. Shuning uchun, mavsumoldi tayyorgarligiga yaxshi formada kirish uchun biroz oldinroq mashg'ulot boshladim. Aks holda, keyin shoshilishga to'g'ri keladi".

❓Butun faoliyatingiz davomida bitta agent bilan ishlashingiz, endi esa yoningizda akangiz ham borligi sizga ishonch bag'ishlaydimi? Bu qanday bo'lyapti?

🗣 Martin: "Menimcha, olti yoki yetti yildan beri bitta agent bilan ishlayapman, endi esa bizga akam qo'shildi va bu men uchun juda muhim, chunki bu dunyoda turli xil manfaatlar ko'p. Lekin men uchun o'zim boshlagan insonlar bilan qolish juda muhim. Ulardan mamnunman va futbol hayotim keskin o'zgargan bo'lsa-da, agar ulardan rozi bo'lsam, nimadir o'zgartirishimga sabab yo'q. Oxir-oqibat, aynan ular meni shu yo'lda kuzatib kelishgan".

❓"Barsa" shartnomangizni uzaytirmoqchi ekanligini bir necha bor norasmiy tarzda bildirib o'tdi, tafsilotlari hozir ishlab chiqilmoqda. Siz tomondan hech qanday muammo yo'q va agar bu sizga bog'liq bo'lsa, faoliyatingizni aynan shu yerda yakunlardingiz, to'g'rimi?

🗣 Martin: "Albatta. Men bu yerda yana bir necha yil qolishdan mamnun bo'lardim. Tez orada 100-o'yinimni o'tkazaman, shuning uchun, umid qilamanki, yana 100 tasi bo'ladi. Qancha bo'lsa, shuncha".

❓"Barsa" bilan umrbod shartnoma imzolarmidingiz?

🗣 Martin: "Ha, albatta. Xo'sh, avval bunga loyiq bo'lishim kerak, lekin ha, ha. Hozircha hammasi yaxshi ketyapti".

❓Rodri yaqinda "Barsa" uning uchun Chempionlar ligasining favoriti emasligini, ba'zi jihatlarni ishlash kerakligini, yaxshilanish zarurligini aytdi. Siz bunga qanday qaraysiz? Sizni favorit sifatida ko'rsatishlariga-chi?

🗣 Martin: "Rostini aytsam, bizni favorit deb hisoblashadimi yoki yo'qmi, baribir, chunki maqsadimiz o'sha-o'sha — Chempionlar ligasida g'olib chiqish. Va bu bizga bosim o'tkazadi deb o'ylamayman".

🔚 Jerar Martin bilan intervyu yakuni.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!