Jerar Martin: «Ko'pchilik futbolchilar kichik jarohatlarga qaramay maydonga tushishadi. O'ynash kerak edi.
Bu juda qiyin o'yin bo'ldi. Ikkala jamoa ham yuqori pressing qilishni xohladi. Bunday o'yinlar taqdirini mayda detallar va vaziyatlardan to'g'ri foydalana olish mahorati hal qiladi. Hozir biz noto'g'ri qilgan ishlarimizni tuzatib olishimiz kerak. Yaxshiyamki, hali oktyabr oyi va biz yaxshiroq bo'lish uchun juda katta zaxiraga egamiz.
Bu mag'lubiyat El-Klasikoga hech qanday ta'sir qilmaydi. Menimcha, biz a'lo darajada o'ynadik, faqatgina bir nechta gollarimizga qimmatga tushgan detallar bundan mustasno. Ammo biz El-Klasikoda g'alaba qozonishga intilamiz».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!