Jerar Romero xabariga ko'ra, ayni damda "Inter" Lautaro Martinesning transferi haqida hech narsani eshitishni istamayapti. Ammo futbolchining o'zi transfer so'rasa, vaziyat o'zgarishi va "Barselona"da uni tarkibga qo'shib olish imkoniyati paydo bo'lishi mumkin.
Futbolchi "Barselona"ga eshikni ochdi, shunda klub hech bo'lmaganda ushbu transferni amalga oshirishga urinib ko'rishi mumkin.
Tresoldi ham variantlardan biri. Biroq Xansi Flik tajribaliroq futbolchini xohlamoqda, u hujum chizig'iga ko'proq tajriba va yetuklik olib kela oladigan nomzodni qidirmoqda.
Jorje Mendesh bugun Barselonaga tashrif buyurib, o'z mijozlari — Kasado, Gilye, Toni va boshqalar bilan bog'liq masalalarni hal qiladi. U ayni vaqtda Milanda bo'lgani uchun, balki yangi xabarlar bilan qaytar. Shuningdek, Joau Kanseluning transferini rasmiylashtirish uchun hujjatlar bilan bog'liq masalani hal qilish qolgan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!