⚡️ Jeremayya Maluze Eyntraxt bilan shartnomani 2031-yilning yoziga qadar uzaytirdi!
Bu yangilik bugungi o'yin boshlanishidan oldinroq ma'lum bo'lgandi, ammo yosh yulduzimizga e'tibor qaratmaslikning iloji yo'q.
Bizning 37-raqamli futbolchimiz juda ishonchli o'yin o'tkazdi, maydonda to'liq harakat qildi va har bir zonada o'zini ko'rsata oldi. Asosiy tarkibdagi debyut o'yini uchun — juda va juda ajoyib! Mening fikrimcha, u bugun maydondagi eng yaxshilardan biri edi.
21 yoshli markaziy himoyachimizga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz va uni Germaniya birinchi divizionidagi debyuti bilan tabriklaymiz! 🫶
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!