Jeronimo Ruli: "Penaltilar seriyasi — bu mening daqiqalarim"
Манчестер Сити ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Jeronimo Ruli: "Penaltilar seriyasi — bu mening daqiqalarim"

Jeronimo Ruli o'yindan so'ng:

"O'zimni ajoyib, haqiqatan ham juda yaxshi his qilyapman, chunki jamoadoshlarimga yordam bera olaman. Biz uchun bu og'ir tun bo'ldi. Penaltilar seriyasida g'alaba qozonish — juda va juda yoqimli tuyg'u!"
"Penaltilar seriyasi — bu mening daqiqalarim. Bunday vaziyatlarda bosimni his qilmayman. Men o'yin ko'rsatishga va muxlislarimiz bilan birga bo'lishga harakat qilaman. Bunday pallalarda ular men uchun juda muhim. Men har qanday penaltini qaytara olishimni bilaman. O'yindan oldin Entso Fernandes bilan gaplashib, unga shunday degandim: agar penaltilar seriyasigacha yetib borsa, men ikkitasini qaytaraman. O'zimga ishonchim komil, bunday vaziyatlarda o'zimni juda qulay his qilaman. Har doim yordam berishga tayyorman!"
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!