Jey-Jey Gabriel «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Jey-Jey Gabriel «Manchester Yunayted»ni tark etmoqchi

The Athletic xabariga ko'ra, «Real Madrid» «Manchester Yunayted» U-18 hujumchisi Jey-Jey Gabrielga qiziqish bildirayotgan Yevropa klublaridan biri hisoblanadi. 15 yoshli futbolchi allaqachon mankunianlarga uni boshqa jamoaga qo'yib yuborishlarini so'rab murojaat qilgan.

Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, Jey-Jey Gabriel rasman «Manchester Yunayted»dan u bilan shartnomani bekor qilishni so'radi.

Jey-Jey Gabriel ijtimoiy tarmoqlarda «Madrid» va «Kastilya» akkaunatlariga, shuningdek, «qaymoqranglilar»ning barcha o'yinchilari va Xausenning otasiga obuna bo'ldi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!