📝 Rodra (ESPN muxbiri): «Manchester Yunayted» akademiyasining 16 yoshli forvardi Jey-Jey Gabriel «Real Madrid»ga o'tish arafasida turibdi.
Britaniyalik futbolchi darhol «Kastilya» safiga qo'shiladi. Shuningdek, Gabriel UEFA Yoshlar ligasida «Xuvenil A» tarkibida ham harakat qiladi.
Eslatib o'taman, OAV ma'lumotlariga ko'ra, «Real Madrid» Gabrielning barcha moliyaviy talablarini to'liq qondirishga tayyor bo'lgan yagona klub hisoblanadi. Madridliklar unga maosh va turli bonuslarni o'z ichiga olgan holda umumiy qiymati 10 million yevrodan ortiq bo'lgan 3 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!