🗣️ Jeykob Diveyni:
«Men birinchi jamoada futbol o'ynashni xohlayman, bu kelasi yili «Manchester Yunayted»da bo'ladimi yoki yo'qmi, farqi yo'q. Men uchun asosiy maqsad va vazifa — «Yunayted» safida har hafta maydonga tushish. Agar yana ijaraga ketib, «Sent-Mirren»dagi kabi qimmatli tajriba orttirishim kerak bo'lsa, buni amalga oshiraman.
O'zimni yarim himoyachi sifatida ko'raman, lekin yakunda men «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilyapman, shuning uchun murabbiylar meni qayerga qo'yishni istashsa, o'sha yerda o'ynayman va bor kuchimni ishga solishga harakat qilaman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!