«Shporlar»ning sobiq futbolchisi Jeymi O'Xara klub hujumchilarining o'yiniga nisbatan tanqidiy fikr bildirdi:
«So'lanke maydonga tushganida, u go'yo ko'rinmas odamdek edi. Biz endi vaziyatlardan unumli foydalana olishimizga ishonchimiz komil emas, to'pni jarima maydonchasiga yetkazib berish kerak. Chunki hujumchilar baribir gol ura olishmaydi. Marmush hozir mutlaqo saviyasiz o'yin ko'rsatmoqda. U nimalar qilayotganini tushunmayapman. Biz uni «Man Siti»dan sotib oldikmi? Uning egizak akasini olib keldikmi? Bu yigit kimligini bilmayman, chunki u mutlaqo ojiz.»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!