Joey Kooij: "VAR bilan vaziyatda xato qildik"
Eredivisie ↗ ●●●●● Matbuot 👁 20

Joey Kooij: "VAR bilan vaziyatda xato qildik"

Joey Kooij "Tvente" - "Ayaks" (2:2) uchrashuvidagi VAR bilan bog'liq bahsli vaziyatda hakamlar noto'g'ri harakat qilganini tan oldi.

Hakam "Tvente" xavfli hujum uyushtirishi mumkin bo'lgan pallada o'yinni to'xtatib qo'ydi. Kooijning so'zlariga ko'ra, ham u, ham videoassistent Dennis Xigler boshqacha yo'l tutishlari kerak edi.

"Omadsiz qaror - bu hali juda yumshoq aytilgani. O'yin aynan o'sha vaziyatda to'xtatilganidan juda xafaman. VAR menga penalti bo'lishi mumkinligini tekshirayotganini aytdi. Uch soniya oldin esa u: "O'yinni to'xtat, o'yinni to'xtat. Men penalti bor-yo'qligini ko'rib chiqishingni istayman", degandi.
"VAR hujum yakunlanishini kutmaganidan jahlim chiqmoqda. Men ham o'zimizda sabr saqlab, yana ikki-uch soniya kutishim kerak edi. Ikkalamiz ham yuz bergan voqeadan juda norozimiz".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!