Joey Veerman Dortmundga o'tishga tayyor
Eredivisie ↗ ●●●●● Matbuot 👁 7

Joey Veerman Dortmundga o'tishga tayyor

Joey Veerman o'zining kelajagi va Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqishi haqida gapirdi:

"Agar ular meni shunchalik xohlayotgan bo'lishsa, tezroq harakat qilishlari kerak. Bu juda katta klub. Men vaziyat rivojini xotirjamlik bilan kutmoqdaman. Mish-mishlarni eshitib turibman, lekin hozircha shu yerda o'ynayapman. Agar yozda transfer amalga oshsa, bu men uchun ajoyib variant bo'ladi. Men bunday imkoniyatni ko'p yillar kutdim. Umid qilamanki, PSV menga qarshilik qilmaydi. Men bu yerda besh yil o'tkazdim va sakkizta sovrin yutdim. Bu fantastika. Menga bu yer juda yoqadi, buni har kuni maydonda ko'rish mumkin. Lekin men faoliyatimda navbatdagi katta qadamni tashlashni xohlashimni hech qachon yashirmaganman".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!