Jorje Mendesh «Milan»ga yangi himoyachini taklif qildi
MilanAC ↗ ●●●●○ Transfer 👁 2

Jorje Mendesh «Milan»ga yangi himoyachini taklif qildi

Diego Moreira transferidan so'ng «rossonerilar» markaziy himoyani kuchaytirishga e'tibor qaratishmoqda. Nomzodlar orasida yana «Lechche» himoyachisi Tiago Gabriel paydo bo'ldi.

Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, Jorje Mendesh «Casa Milan»dagi uchrashuv chog'ida himoyachini «Milan»ga taklif qilgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Moreira bo'lgan bo'lsa-da, tomonlar boshqa transfer variantlarini ham muhokama qilishgan.

«Milan» Gabriel masalasida «Lechche» bilan allaqachon bog'langan.

Unga «Benfika» va «Kristal Pelas» ham qiziqish bildirmoqda.

«Milan»ning hozirgi asosiy maqsadi — yangi markaziy himoyachi.

Shuningdek, «o'nlik» va hujumchi pozitsiyalariga ham transferlar amalga oshirilishi istisno qilinmaydi.

Hozircha bu faqat taklif, ammo Mendesh «Milan»ga kerakli o'yinchini yana olib kela olarmikan? 👀

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!