Jules Kounde: "G'alaba va gol uchun xursandman"
БАРСЕЛОНА ↗ ●●●●● Matbuot 👁 34

Jules Kounde: "G'alaba va gol uchun xursandman"

🎙 Jyul Kunde o'yindan so'ng:

Asosiy tarkibga qaytish va urilgan gol haqida:

Men har doim maydonga tushib, jamoaga yordam berishdan xursandman. Biz ajoyib o'yin o'tkazdik, barcha rejalashtirilgan ishlarni bajardik va haqli ravishda g'alaba qozondik.

Mavsumning qiyin boshlanishi haqida:

O'zimni ham jismonan, ham ruhan yaxshi his qilyapman. Tarkibdagi o'rnimni qaytarib olish, eng yaxshi darajamga chiqish va jamoaga maksimal foyda keltirish uchun astoydil mehnat qilyapman. Men mutlaqo xotirjamman.

Birinchi bo'limdagi foydalanilmagan vaziyat haqida:

Men gol urishim kerak edi. Butunlay yolg'iz qoldim va hatto biroz sarosimaga tushdim. To'p chap oyog'im ostiga kelayotgan edi, uni ko'kragim bilan to'xtatishga urindim, ammo qabul qilib olish o'xshamadi. Balki boshqacharoq harakat qilish kerakmidi.

Ikkinchi bo'limdagi urilgan gol haqida:

O'tkazib yuborilgan vaziyatdan keyin maydonni yomon his bilan tark etishni istamadim. Shuning uchun gol urganimdan juda xursandman.

Asosiy tarkibdagi o'rin haqida:

Buni murabbiy hal qiladi. Men yaxshiroq bo'lish uchun astoydil ishlashda davom etaman. O'zimni kuchli va barchasiga tayyor his qilyapman.

G'alaba va jamoaning samaradorligi haqida:

Eng muhimi — diqqatni jamlash va erishilgan natija bilan to'xtab qolmaslik. Kiyinish xonasida barchamiz to'g'ri yo'nalishda ketayotganimizni tushunamiz, ammo bo'shashsak, istalgan raqib muammo tug'diradi. Biz diqqatni jamlaganmiz va o'yindan zavq olyapmiz.

Chempionlar ligasi o'yinlari oldidan qozonilgan g'alaba haqida:

Bu muhim g'alaba edi. Biz o'yinni boshidan oxirigacha nazorat qildik, uchta gol urdik va o'z darvozamizdan gol o'tkazib yubormadik. Qiyin davrdan keyin bunday natijaga erishish har doim yoqimli.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!