Juzeppe Bergomi "Inter"ning himoyadagi muammolari va Spens haqida
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 34

Juzeppe Bergomi "Inter"ning himoyadagi muammolari va Spens haqida

Juzeppe Bergomi "Inter"ning hozirgi holati haqida:

"Inter" himoyada optimal balansni topdimi?

Oxirgi ikki o'yin shunday deb o'ylashga imkon beradi, ammo ikki hafta oldin jamoa "Milan"dan uchta gol o'tkazib yuborganini unutmaslik kerak. Muammo shundaki, klub hali ham shaxsiy himoyalanish ko'nikmalariga ega bo'lgan ikki himoyachi — Acherbi va De Vreyning o'rnini bosa olmadi.

Spens hozir jamoaning bosh qahramonimi?

O'yinchilarni solishtirish va xulosalar chiqarish uchun hali juda erta. Ammo agar siz 3-5-2 sxemasida o'ynasangiz, qanot himoyachilari o'zlarining odatiy pozitsiyalarida harakat qilishlari va kuchli oyog'idan foydalanishlari kerak. Garchi Diuf ham o'zini juda yaxshi ko'rsatgan bo'lsa-da.
"Inter" Spensga jiddiy mablag' sarfladi. Agar u beshta gol urib, olti-yetti bor samarali uzatmani amalga oshirsa, klub o'z investitsiyalaridan munosib qaytim oladi.

Gazzetta_it xabariga ko'ra.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!