L'Equipe xabariga ko'ra, Karlos Visens yakshanba kuni «Lion» bilan 2029-yilgacha mo'ljallangan shartnomani imzolash uchun shaharga yetib keladi.
«Lion» Paulo Fonseka davrini yakunlab, yangi bosh murabbiy masalasini hal qildi. L’Équipe nashri so'nggi kunlarda xabar berganidek, sport direktori Mattyo Lui-Jan o'tgan mavsumda «Braga»ni Yevropa ligasi yarim finaliga olib chiqqan Karlos Visens bilan faol muzokaralar olib bordi.
Shanba kuni tushdan keyin «Lion» sport direktori 43 yoshli ispaniyalik mutaxassisning agenti Xorxe Mendesh bilan kelishuvni yakunladi. Tomonlar ikki yarim yillik shartnoma bo'yicha kelishib olishdi.
Shu bilan birga, keyingi ikki mavsum 2027-yil may oyi yakunlariga ko'ra jamoaning yevrokuboklarga yo'llanma olishiga bog'liq bo'lishi mumkin.
Visens bilan birga «Lion»ga uning to'rt nafar yordamchisi ham o'tishi kutilmoqda.
Karlos Visens yakshanba kuni «Lion»ga yetib kelib, klub infratuzilmasi bilan tanishishi, yangi ish sharoitlarini ko'zdan kechirishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Uning tayinlangani haqida dushanba kuni rasman e'lon qilinishi kerak. Aynan o'sha kuni u «Brest»ga qarshi safar o'yinidan qaytgan jamoa bilan ish boshlaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!