Karlos Visens o'z murabbiylar shtabini tanishtirdi
Олимпик Лион ↗ ●●●●● Umumiy 👁 13

Karlos Visens o'z murabbiylar shtabini tanishtirdi

Karlos Visens o'z murabbiylar shtabida kimlar nimalarga javobgar bo'lishini batafsil tushuntirib o'tdi:

«Men bilan birga Mario Engidanos keladi. U bosh murabbiy yordamchisi bo'ladi hamda bevosita o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish va raqiblarni tahlil qilish bilan shug'ullanadi.

Shuningdek, shtabimizda Jordi Liye Fernandes ham bo'ladi, u kundalik mashg'ulotlar jarayoni metodologiyasi uchun javobgar hisoblanadi.

Bundan tashqari, biz bilan Lander Isa Garsiya ishlaydi. U o'yin rejasini ishlab chiqish hamda standart vaziyatlar ustida yaqindan ish olib boradi.

Va nihoyat, men bilan Ramiro Marin bo'ladi, u jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyimiz. U klubning boshqa jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassislari bilan hamkorlikda mashg'ulot haftalari va yuklamalarni rejalashtiradi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!