Kasper Dolberg Daniya terma jamoasi mashg'ulotida tizzasidan jarohat oldi va darhol milliy jamoa ixtiyorini tark etdi. Bu haqda "Ayaks" ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.
Jarohat qanchalik jiddiy ekani hozircha noma'lum. Bu "Ayaks" va yaqinda "Villem II"ga qarshi o'yinda o'zini yaxshi ko'rsatgan, o'tgan dam olish kunlari esa "Ekselsior"ga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlagan Dolberg uchun yoqimsiz yangilik.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!